Tushda qorong’ulik | Тушда коронгулик

QORONG‘ULIK (TORIKIY) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi qorong‘ulik din yo‘lidagi adashuvni bildiradi.
Agar qorong‘ulikni topganini yoki birov unga berganini ko‘rsa, o‘sha qorong‘ulik mikdoriga qarab, zalolat va gumrohlik topishini bildiradi. Agar qorong‘ulikda turganini, qorong‘ulik yana ravshanlikka aylanganini ko‘rsa, tavba qilishiga, din yo‘li unga ochilishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.) aytadiki, qorong‘u tushganini, qorong‘ulik yana yorug‘likka aylanganini, orqasidan yana qorong‘ulik tushganini ko‘rsa, uning munofiq ekanligiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: Chaqmoq ularning ko‘zlarini ko‘r qilgudek bo‘ladi. (U) har gal yoritganida (ozgina) yurib oladilar, ularga qoro-ng‘i tushirganida esa (joylarida) turib qoladilar. . . (Baqara surasi, 20-oyat).
Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, tushdagi qorong‘ulik g‘amu anduh bo‘ladi. Agar havoning qattiq qorong‘u bo‘lganini ko‘rsa, o‘sha diyor odamlariga g‘amu anduh yuzlanishiga va ularning ishlari vayronagarchilikka yuz tutishiga dalildir. Agar havo ravshan bo‘lib, birdaniga qorong‘ulik tushganini ko‘rsa, o‘sha diyorda nogahoniy o‘limlar yuz berishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushdagi qorong‘ulik besh narsani bildiradi: kufrni; xayronlikni; ishlarning yurishmasligini; bid’atni; zalolat va adashishini.
Ismoil Ash’as (r.a.) aytadiki, agar tushida qorong‘ulikdan yorug‘likka chiqqanini ko‘rsa, kambag‘allikdan boyga aylanishini, g‘amlardan ozodlik topishini, ishlari yurishib ketishini va zalolatdan uzoq bo‘lishini bildiradi.



Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *