Tushda quloq osti chuqurchasi | Тушда кулок ости чукурчаси
QULOQ OSTI CHUQURCHASI (BANOGUSH) Tushdagi banogush xushro‘y va muborak o‘g‘il bo‘ladi. Har ikki banogushni ko‘rsa, ikki o‘g‘ilni bildiradi.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushda banogushni ko‘rmoq kishining qadru e’tiboriga dalildir. Banogushda ortiqchalik yoki kamlik ko‘rsa, tush egasining qadru e’tiboriga dalil bo‘ladi.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushda banogushni ko‘rmoq to‘rt narsaga dalolat qiluvchidir: chiroyli o‘g‘ilga; qadru e’tiborga; toza dinga; farzand tufayli yetadigan foydaga.