Tushda qush | Тушда куш
QUSH (MURG‘) — Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi qush qanchalik katta bo‘lsa, izlagan ishdagi himmati shunga ulug‘roq bo‘ladi. Tushida ko‘pincha qushlar bir yerga to‘planib, qiy-chuv qilayotganini ko‘rsa, o‘sha joydagi odamlarga g‘am va musibat yetishiga dalildir. Agar qush tuxumini topganini ko‘rsa, oilasida farzand tugilishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida qush o‘zi bilan so‘zlashganini ko‘rsa, ishlari yuqori darajaga ko‘tarilishini bildiradi. Agar qush o‘zining qo‘lida o‘lib qolganini ko‘rsa, gamgin bo‘lishini bildiradi. Agar qushning orqasiga yuk qo‘yganini ko‘rsa, o‘sha qush kimga mansub bo‘lsa, o‘sha odamga ziyon yetishiga dalildir. Agar qush uning badanidan bir parcha go‘shtni uzib olganini ko‘rsa, molini zo‘rlik bilan tortib olishlariga dalildir. Agar o‘z badanidan bir parcha go‘shtni uzib, qushning oldiga tashlaganini ko‘rsa, o‘z molidan birovga nimadir berishiga dalildir. Agar tushida bir qush go‘shtli bir suyakni uning oldiga keltirib tashlaganini ko‘rsa, mol topishiga dalildir.
Ismoil Apg’as (r.a.)ning aytishicha, tushda har xil qushlar bir shaharga to‘planganlarini ko‘rsa, begona lashkar pgu yerga kirishiga dalildir. Agar qush uning ko‘zlarini o‘yib olganini ko‘rsa, uning diniga kimdandir nuqson yetishiga dalildir.