Tushda raqsga tushmoq | Тушда раксга тушмок
RAQSGA TUSHMOQ (RAQS KARDAN) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushda raqsga tushmoq g‘amu anduh va musibat bo‘ladi.
Ba’zi ta’birchilarning so‘zicha, bemorlik bo‘ladi. Boshqalarning fikricha, raqs erkaklar uchun qamoqdan qutilishdir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushda raqsga tushish ayollar uchun rasvolik, erkaklar uchun musibat bo‘ladi. Biroq so‘fiylar hamda ko‘p raqsga tushadigan kishilar uchun g‘amu anduh bo‘lmaydi. Tushdagi raqqos doimo o‘zining va boshqalarning musibati ostida yuruvchi kishidir.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushda raqsga tushishi g‘am va musibat bo‘ladi.