Tushda rayhon | Тушда райхон

RAYHON Tushda rayhonning yashil va xushbo‘y ekanini ko‘rsa, farzandga dalil bo‘ladi. Tushida rayxonni yerdan yulib olganini ko‘rsa, yig‘i va g‘amga dalolat qiladi.
Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushda rayhonni o‘z joyida ko‘rsa, tush egasining yaxshi ishlari amalga oshirishiga dalildir.
Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushda rayhonni ko‘rmoq agar xushbo‘y bo‘lsa, tush sohibining yaxshi ishlarni qilishi va xayrli ishlar tomon tavfiq topishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushdagi rayhon yetti narsaga dalildir: xotinga; kanizakka; do‘stga; farzandga; yaxshi so‘zga; ilm majlisiga va yaxshi ishga.

RAYHON (SHOHISPARG‘AM) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi rayhon ko‘m-ko‘k, toza va xushbo‘y bo‘lsa, ulug‘likka dalil bo‘ladi. Agar sariq va qurigan bo‘lsa, bemorlikka dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi rayhon olti narsani bildiradi: izzat va ulug‘likni; farzandni; do‘stni; yoqimli so‘zni; ilm majlisini; yaxshi nom; maqtov va madhni.



Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *