Tushda sakramoq | Тушда сакрамок

SAKRAMOQ (JASTAN) — Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, har kim tushida bir joydan sakraganini ko‘rsa, bir holdan ikkinchi holga o‘tishiga dalildir. Agar uzoqqa sakraganini ko‘rsa, uzoq safarga chiqishini bildiradi. Agar qo‘lida yog‘och yoki nayza borligini ko‘rsa va u bilan bir joydan ikkinchi joyga sakraganini ko‘rsa, madad olishi va o‘z maqsadiga yetishish uchun bir qavmning odamlariga suyanishini bildiradi. Agar devordan sakrab, xachir ustiga minganini ko‘rsa, halok bo‘lishiga dalildir.
Agar tom ustiga sakraganini va uy qulab ketib, o‘lganini ko‘rsa, xotinidan judo bo‘lishini va yana qaytib kelishini bildiradi.
Agar yerdan havoga sakraganini, qibla tomonga o‘girilganini, shundan so‘ng o‘zini Haramda, Makkada yoki Madinada turganini ko‘rsa, bularning hammasi a j qilishini bildiradi. Agar bir notanish saroydan ikkinchi notanish saroyga sakraganini ko‘rsa, halok bo‘lishiga dalildir. Agar havoga sakraganini va bir qushni ushlab olganini ko‘rsa, o‘z xotinini qo‘yib.boshqa xotin olishini bildiradi. Agar biror yog‘och yoki birorta hassa bilan bir joydan ikkinchi joyga sakrayotganini ko‘rsa, ranj va andishadan qutulishini va ishlari tartibga tushishini bildiradi.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, bir joydan tashqariga sakrab chiqqanini ko‘rsa, yomon ahvoldan chiqib, yaxshi holatga kirishiga dalildir. Agar xohlagan joyiga bemalol sakray olayotganini ko‘rsa, quvvati va qodirligi yetarli bo‘lishiga dalildir.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, yomon joydan pokiza joyga sakraganini ko‘rsa, yomon ahvoldan yaxshi holatga o‘tishga dalildir. Agar aksincha bo‘lsa, yaxshi holatdan, yomon holatga o‘tishini bildiradi.



Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *