Tushda sel | Тушда сел

SEL (SEL) Tushdagi sel — katta dushman yoki zolim podshohdir.
Agar tushida sel bilan ovora bo‘layotganini ko‘rsa, dushman bilan olishuvga dalildir. Agar seldan chiqib olganini ko‘rsa, dushman ustidan zafar topishiga dalildir. Selni sovuq mamlakatda ko‘rish g‘amu anduh, issiq mamlakatda ko‘rish foyda va shodlikdir. Agar selni uyiga yoki ko‘chasiga kirib kelganini ko‘rsa, shodlik va kushoyishni bildiradi. Alloh ta’olo aytadi: Biz osmon darvozalarini (tinimsiz) quyiluvchi suv bilan ochib yubordik (Qamar surasi, 11-oyat).
Jobir (r.a.)ning aytishicha, tushida selning bir joyni xarob qilganini ko‘rsa, o‘sha yerdagi odamlarga podshoxdan foyda yetishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha. Tushdagi sel to‘rt narsani bildiradi: katta dushmanni; zolim podshohni; g‘olib lashkarni; fitna va baloni.



Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *