Tushda shakar | Тушда шакар
SHAKAR (SHAKAR) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi bir pora shakar shirin so‘z yoki farzand, aka-uka va do‘stga hadya qilingan bo‘sadir. Agar shakar ko‘p bo‘lsa, mol va halol rizqqa dalildir.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, ko‘p shakar yoqimsizlikdir, uni sotish yaxshi bo‘ladi. Biroq shakarni topish yoki sotib olish yomondir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi shakar besh narsani bildiradi: yoqimli so‘zni; bo‘sani; foydani; farzandni; molni.