Tushda shisha | Тушда шиша
SHISHA (SHISHA) — Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi shisha xotinni bildiradi. Aytishlaricha, uy xizmatkorini ham anglatadi.
Agar tushida unga shisha berganlarini ko‘rsa, kambag‘al ayolga uylanishiga dalildir. Agar shishada gul yoki binafsha moyi borligini ko‘rsa, boy va dindor ayolga uylanishini bildiradi. Agar shishadan anor yoki behi sharbatini ichganini ko‘rsa, ayolning molini yeyishiga dalildir. Agar shishaning singatsini ko‘rsa, xotini o‘lishiga dalildir.
Jobir (r.a.)ning aytishicha, agar tushidagi shishada xushbo‘y narsa borligini ko‘rsa, bemor bo‘lishiga dalildir.