Tushda sotish | Тушда сотиш

SOTISH (FURUXTAN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida Qur’onni sotganini ko‘rsa, musulmonlik uning nazdida xor bo‘lishiga dalildir. Bilginki, tushda shari’at yo‘lida aziz bo‘lgan har qanday narsaning sotilishi yomon hisoblanadi.
Agar tushida biror narsani, masalan, o‘z g‘ulomini sotish badnomlikka dalildir.
Jobir (r.a.)ning aytishicha, tushida biror narsani sotsa, o‘sha narsaning xor bo‘lishiga dalildir.

SOTISH (BAY’) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida Qur’on sotganini ko‘rsa, uning nazdida din xoru haqir ekanligidan dalolat beradi. Agar o‘z qulini sotganini ko‘rsa, ishlarda tang holga kelishi va sitamgarlik qilishiga dalildir.
Agar o‘z xotinini sotganini ko‘rsa, hurmati va e’tibori yo‘qolishiga va yomon otliq bo‘lishiga dalildir. Biroq sotgan xotindan tashqari yana xotini bo‘lsa, ishlari yana o‘z holiga qaytadi.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, dinda nimaiki aziz bo‘lsa, o‘sha narsani sotsa, yomon bo‘ladi, sotib olish esa yaxshi bo‘ladi.



Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *