Tushda sovun | Тушда совун
Tushda sovun ko’rsa nima bo’ladi | Тушда совун кўрса нима бўлади
SOVUN (SOBUN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida har kim o‘z kiyimini sovun bilan yuvayotganini ko‘rsa, yomon ishlardan qaytishiga dalildir. Agar birovning libosini yuvayotganini ko‘rsa, birovni yomon ishdan qaytarishiga dalildir. Agar tushida sovun yeganini ko‘rsa, harom mol yeyishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, agar tushida ko‘p sovuni borligini va kiyimini yuvganini ko‘rsa, boylik topishiga dalildir. Agar tushida sovun bilan qo‘lini yuvganini ko‘rsa, odamlardan qochishiga dalildir.
Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida sovun sotishdan ko‘ra sotib olgani yaxshidir. Agar tushdagi sovun oq bo‘lib, undan xushbo‘y hid kelayotganini ko‘rsa, g‘oyat yaxshi bo‘ladi.
Yangi sharhlar