Tushda sovut | Тушда совут
SOVUT (ZIRIH) Ibn Sirinning aytishicha, tushida sovut kiyib olganini ko‘rsa, dushmandan, omon bo‘lishiga dalildir.
Agar sovuti yo‘qolib qolganini ko‘rsa, dushman uning ustidan g‘alaba qilishiga dalildir. Agar kimdir unga sovut berganini va sovutni kiyib olganini ko‘rsa, o‘sha kishi dushmanga qarshi yordam berishiga dalildir. Ba’zi ta’birchilarning aytishlaricha, sovut kishining dinini himoya qiluvchi narsaga dalildir.
Agar sovut bilan birga boshqa quroli borligini ko‘rsa, munofiqning makridan va haloyiqning sharridan emin bo‘lishiga dalildir. Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, tushdagi sovut dinining ziyoda bo‘lishiga dalildir. Xar kim tushida sovut kiysa, Xudoyi ta’oloning hifzu himoyatida bo‘lishiga dalildir.
Kirmoniyning aytishicha, kishi tushida sovuti borligini ko‘rsa, dushmanlardan o‘zi va ahli oilasi omon bo‘lishiga dalildir. Agar sovut bilan birga qurol ham olib yurganini ko‘rsa, odamlarning yomonliklaridan va do‘stning hiylasidan omon bo‘lishini bildiradi.
X,azrati Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi sovut olti narsani bildiradi: omonlikni; din himoyasini; quvvatni; molni; umrguzaronlikni; yaxshilikni.
Tushdagi sovut yasovchi odamlarga odob o‘rgatuvchi kishini bildiradi.