Tushda surg’uch, tamg’a | Тушда сургуж, тамга
SURG‘UCh, TAMG‘A (TOBI’) — Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida o‘z xazinasini muhrlash uchun surg‘uch muhrini berganlarini ko‘rsa, izzat, obro‘ va sharaf topishiga dalildir. Chunki uzukdagi muhrdan surg‘uch muhri kuchliroq va yaxshiroq bo‘ladi.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida podshoh yoki amir xazinani muhrlash uchun surg‘uch muhrini berganini ko‘rsa, molini unga topshirishiga dalildir. Agar bunga sozovor kishilardan bo‘lmasa, o‘z qadriga muvofiq izzat va obro‘ topishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (ra.a.)ning aytishicha, tushdagi surg‘uch muhri uch narsani bildiradi: ulug‘lik va izzatni; xazinani; boylik yig‘ishni.