Tushda suzish | Тушда сузиш
SUZISH (SHINO KARDAN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi sof va toza suvda suzish hayotni hiyla va tadbir bilan o‘tkazishga intilishdir. Tushida suvda suzayotganini va unda g‘arq bo‘lganini ko‘rsa, dunyo moliga g‘arq bo‘lganini bildiradi.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, daryoda suzib, qirg‘oqqa yetolmaganini ko‘rsa, podshoh uni amaldan olishiga dalildir. Agar tushida suzish oson ekanini ko‘rsa, ishlari ham oson bo‘lishiga dalildir. Agar qiyinchilik bilan suzayotganini ko‘rsa, ishlari og‘ir bo‘lishiga dalildir. Agar daryo qirg‘og‘ini ko‘rmayotga bo‘lsa, mahbus bo‘lishiga dalildir. Agar suv g‘alaba qilib, suv ichida o‘lganini ko‘rsa, dushmanlar qo‘lida halok bo‘lishiga dalildir.
Agar g‘arq bo‘lishdan qutilib qolganini ko‘rsa, bu dunyo mashg‘ulotlaridan omonlik topib, oxirat ishlarini bajarishga kirishmog‘iga dalildir. Agar suv uni yer ostiga tortib ketganini ko‘rsa, unga bir g‘am yuzlanishiga dalildir. Agar suv ostidan yana yer yuziga chiqsa, g‘amdan qutilishiga dalil bo‘ladi.
Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida suzib daryodan chiqqanini va kiyimlarini kiyganini ko‘rsa, podshohning ishidan qutilganiga dalildir. Agar buning aksini ko‘rsa, ta’biri ham aksincha bo‘ladi. Agar katta daryoda suzib, qirg‘oqqa chiqqanini ko‘rsa, katta bir ishdan qutilganiga dalildir. Agar buning aksini ko‘rsa, o‘sha mashg‘ul bo‘lgan ishda qolishiga dalildir.