Tushda tasbih o’girmoq | Тушда тасбих угирмок
TASBIH O‘GIRMOQ (TASBIH KARDAN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushda tasbih o‘tirmoq Haq ta’olo farmoniga itoat qilmokdir. Agar tushida tasbih aytayotganini ko‘rsa, Xaq ta’olo farmoniga mute bo‘lishiga, g‘amu anduhdan shodlikka chiqishiga dalildir. Agar tushida o‘zi bilan tasbih olib yurganini ko‘rsa, g‘am yetishiga, lekin bu ishda ajru savob topishiga dalildir. Agar tasbih bilan Xaq ta’ologa shukr aytayotganini ko‘rsa, dinda mahkam bo‘lishiga va mol topishiga dalil bo‘ladi.
Agar bu tushni hokim ko‘rsa, uning viloyatiga obodonlik yetishiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: Yana Rabbingiz e’lon qilgan (bu so‘zlar)ni eslangiz: Qasamki, agar (bergan) ne’matla-rimga shukr qilsangizlar, albatta, (ularni yanada) ziyoda qilurman. . . (Ibrohim surasi, 7-oyat).