Tushda teri oshlamoq | Тушда тери ошламок
TERI OSHLAMOQ (DABBOG‘IY KARDAN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi teri oshlash kasbu kor va farmonni ijro qilishdir. Tushida teri oshlayotganini ko‘rsa, teri oshlash bilan shug‘ullanishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushdagi teri oshlash hokim, teri esa merosga ta’bir qilinadi.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, tushdagi teri oshlovchi meros ishlarini yo‘lga qo‘yuvchi kishidir.