Tushda tobut | Тушда тобут

TOBUT Agar tushida bir kishini tobutga solib, olib ketsalar, o‘sha kishi tobut ketidan borayotgan kishilarga boshliq bo‘lishiga dalildir, biroq ularga zulm qiladi. Agar bir kishi o‘zining o‘lganini, tobutga solinganini, va olib ketayotganlarini, odamlar tobuti orqasidan ketayotganini ko‘rsa, sharaf va ulug‘lik topadi, lekin dini buzuk, bo‘ladi va tobut ketidan borayotgan kishilarga hukm qiluvchi kishi bo‘ladi. Agar har kim murda solingan tobutni ko‘targanini va olib ketayotganini ko‘rsa, podshoh xizmatiga kirishi va yaxshiliklar ko‘rishiga dalildir.
Agar odamlar uning tobuti ketidan kelayotganlarini va havoga ko‘tarilayotganlarini ko‘rsa, o‘sha shaharlik bir ulug‘ kishining safarda o‘lishiga dalildir. Agar o‘zini tobutda, tobut esa yerda ketayotganini ko‘rsa, safarga chiqishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.) aytadiki, tirik odamni tobutga solib olib ketayotganlarini ko‘rsa, tobut ketida hech kim bo‘lmasa, uning izzati, obro‘yi va ishlariga nuqson yetishiga dalildir. Agar odamlar tobuti ketida bo‘lsa, ta’biri aksincha bo‘ladi. Agar tobutda o‘zini og‘ir ekanini ko‘rsa, odamlarga sitam qilishiga dalildir. Agar o‘zini tobutda yengil holda ko‘rsa, odamlarga yengillik berish va ahvoli yaxshi bo‘lishiga dalildir. Agar tobutdan yiqilganini yoki uni olib ketayotgan kishilar tashlab yuborganlarini ko‘rsa, izzatu obro‘dan tushishi va ishlarining yurishmay qolishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushda tobut ko‘rmoq uch narsani bildiradi: ulug‘likni; viloyatni; izzat-obro‘ va martabani.



Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *