Tushda to’ti | Тушда тути
TO‘TI (TO‘TI) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi to‘ti farzand yoki xizmatkor boladir. Agar xar kim tushida qo‘lidagi to‘ti uchib ketganini ko‘rsa, farzandi yoki xizmatkori safarga ketishiga dalildir. Agar tushida to‘ti u bilan gaplashayotganini ko‘rsa, odamlarni ajablantiradigan biror so‘z aytishi yoki birorta ishni qilishiga dalildir. Moda to‘ti bo‘yi yetgan qiz, nar to‘gi pokdin erkakni va pokdomon xizmatkorni bildiradi. Agar tushida to‘ti uning og‘zidan yoki orqa teshigidan chiqib ketganini ko‘rsa, obro‘yiga putur yetkazadigan farzand tug‘ilishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi to‘ti uch narsaga dalildir: farzand yoki xizmatkor bolaga; bo‘yi yetgan qizga; dono shogirdga.
An-Nobulsiy: U olib-sotar, yolg’onchi va zolim kishi bo’lib, bu tovlamacgilikdir. Yana boshqalarning tabirlarida aytilishicha, u faylasuf kishidir, uning kichigi esa, faylasuf boladir. To’ti harakatchan, fasohatli, chiroyli ayolga, yoki huddi shunday bolaga dalolat qiladi. Ba’zan arab bo’lmagan ayolga dalolat qilsa, ba’zida esa, darbadar, maqtanchoq va adolatsiz kishiga dalolat qiladi.