Tushda tulki | Тушда тулки

TULKI (RUBOH) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi tulki aldoqchi erkak yoki yolg‘onchi ayol yoxud kanizakdir. Tushida tulki bilan jang qilayotganini ko‘rsa, birorta kishi bilan xusumatlashishiga dalildir. Tushida tulki bilan o‘ynayotganini ko‘rsa, bir ayolning uni sevishi, biroq sevgisi zaif ekaniga dalildir.
Kirmoniy (r.a.) aytadiki, tushida tulki yungini tarayotganini ko‘rsa, kimgadir hiyla qilishini va uni aldashini bildiradi. Tushida tulkining unga xushomad qilayotganini ko‘rsa, bir g‘arib odam uni aldashiga dalildir. Tushdagi tulki sutini ichish bemorlikdan shifo topishni, g‘amdan shodlikka yetishni va qamokdan ozod bo‘lishni bildiradi. Ba’zi ta’birchilarning f ikricha, tushda tulki sutini ichish kasallikka yoki unga yetadigan qo‘rqinchga dalildir.
J obir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, tushdagi tulki yolg‘onchi xotin bo‘ladi. Tushida tulkini tutib olsa yoki kimdir unga bersa, yolg‘onchi va aldovchi xotinga uylanishini bildiradi. Tushida tulki uning uyiga kirib, qaror topganini ko‘rsa, yaxshi ko‘radigan ayolga uylanishini bildiradi. Tushida tulkining o‘zidan qochib ketganini ko‘rsa, qarz olgan odamning qochib ketishini bildiradi.



Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *