Tushda tumor | Тушда тумор

Xatchoplar
Ulashish

Audio tayyorlanmoqda...

Tushda tumor ko’rsa nima bo’ladi | Тушда тумор кўрса нима бўлади

TUMOR (TA’VIZ) — Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, har kim tushida Xudoyi ta’oloning nomlari yozilgan tumorga ega ekanini ko‘rsa, qiyinchilik va g‘amdan qutulishiga dalildir. Agar qarz bo‘lsa qarzidan qutuladi, bemor bo‘lsa shifo topadi, qamokda bo‘lsa qutuladi, safarda bo‘lsa sog‘-omon qaytadi.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, har kim tushida tumor yozib, odamlarga berayotganini ko‘rsa, undan odamlarga manfaat yetishiga dalildir. Agar tushida tumor yozib, odamlarga berayotganini va evaziga haq olayotganini ko‘rsa, g‘amga va tashvishga tushishiga dalildir.

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan