Tushda tuproq, xok | Тушда тупрок, хок

TUPROQ (XOK) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushdagi tuproq oz yoki ko‘pligiga qarab, pul bo‘ladi. Agar tushida uyida tuproq borligini ko‘rsa, tuproq mikdoriga qarab, pul topishi va bu pul unga ranju mashaqqatsiz kelishiga dalildir. Agar tuproq ustida ketayotganini yoki tuproq yeyayotganini yoki tuproqni yig‘ayotganini yoki tuproqni ko‘tarayotganini ko‘rsa, bularning hammasi molu davlatga dalildir.
Kirmoniy (r.a.) aytadiki, har kim tushida uyidan tuproq olib chiqib, uy tashqarisiga sochib yuborayotganini ko‘rsa, o‘z molini sovurib yuborishiga dalildir. Agar tushida qo‘li bilan tuproq sochayotganini ko‘rsa, sochayotgan tuprog‘i mikdoriga muvofiq molini yo‘qotadi, ba’zi ta’birchilarning fikricha, molsiz qoladi.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushdagi tuproq besh narsaga dalolat qiladi: molga; foydaga; kasb-korga ;podshoh tomonidan yetadigan manfaatga; rahbar tomonidan yetadigan foydaga.



Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *