Tushda turunj mevasi | Тушда турунж меваси

TURUNJ MEVASI Doniyol (a.s.) aytadilarki, turunj (sitron) mevasi, garchi sariq rangda bo‘lsa-da hidi xushbo‘y, ta’mi yaxshi, ko‘rinishi pokizadir. Yana aytishlaricha, u Jannat mevasidir va uni tushda ko‘rmoq yaxshidir.
Kirmoniyning (r.a.) aytishicha, tushdagi turunj badavlat, chiroyli va odamlarga yaqin kishidir, chunonchi, hamma uni yaxshi ko‘radigan bo‘ladi. Agar turunji borligini yoki kimdir unga berganini ko‘rsa, o‘sha aytilgan sifatli erkak bilan suhbatda bo‘lishini bildiradi. Agar quchog‘ida turunj ko‘rsa, uning oilasida chiroyli farzand tug‘iladi. Agar turunj yeganini ko‘rsa, o‘z molidan yoki bir ulug‘ odamning molidan bahramand bo‘lishini bildiradi. Agar turunjini yashirib qo‘ysa yoki biror narsa bilan o‘rab qo‘ysa, farzandi halok bo‘lishiga dalildir. Agar uyida ko‘pgina turunjlarni ko‘rsa yoki kimdir unga hadya qilsa, kimgadir yaxshilik qilishini bildiradi. Agar etagiga turunj solganini ko‘rsa, kanizagidan farzand tug‘ilishiga, agar etagidan turunj tushib ketganini ko‘rsa, farzand tug‘ilishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushda turunj ko‘rmoq to‘rt narsaga dalildir: chiroyli ayolga; pok dinli kanizakka; badavlat do‘stga; aziz va solih farzandga.



Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *