Tushda tutun, dud | Тушда тутун, дуд

Xatchoplar
Ulashish

Audio tayyorlanmoqda...

Tushda tutun, dud ko’rsa nima bo’ladi | Тушда тутун, дуд кўрса нима бўлади

TUTUN (DUD) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushdagi tutun sitamgar podshoxdir. Tushida sharq yoki g‘arb tomondan katta tutun paydo bo‘lganini ko‘rsa, o‘sha diyor aholisi podshoxdan jabru sitam ko‘rishiga dalildir. Tushida olamga o‘t ketgani va olov shu’la urayotganini ko‘rsa, olamga fitna tushishini bildiradi.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, tushida biror shax,ar yoki viloyatda otashsiz tutun paydo bo‘lganini ko‘rsa, o‘sha joyga Xaq subhonahu va ta’olodan xavf bo‘lishiga dalildir. Tushida uydan yoki og‘zidan tutun chiqayotganini ko‘rsa, zolim podshoh unga zarar yetkizishi, musodara qilishi va molini zo‘rlik bilan tortib olishiga dalildir.

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan