Tushda tuzlangan go’sht | Тушда тузланган гушт
TUZLANGAN GO‘SHT (NAMAKSUD) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushda tuzlangan semiz go‘pggni ko‘rsa va undan yesa, ne’mat va rizqni bildiradi va meros topadi. Agar tuzlangan go‘sht oriq bo‘lsa, unga ziyon yetishiga dalildir. Qanchalik sho‘r va ozg‘in bo‘lsa, zarari shunchalik ko‘proq bo‘ladi. Tushda qotirilgan go‘sht yeyish g‘iybat qilishga dalildir.
Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushidagi go‘sht qotirilgan va ozg‘in bo‘lsa, podshoh odamlaridan unga zarar yetadi. Agar tuya go‘iggi ozg‘in bo‘lsa, bir ulug‘ odamdan zarar ko‘radi; Tushida yovvoyi hayvonlarning tuzlangan ozg‘in go‘shtidan yeganini ko‘rsa, sahro odamlaridan zarar ko‘rishiga dalildir. Umuman, tushda ko‘rilgan ozg‘in go‘shtdan hech qanday manfaat yo‘q.