Tushda urg’ochi tuya | Тушда урғочи туя
An-Nobulsiy: u tushda mo’minlarga foyda keltiruvchi chaqqon kishi bo’lib, din va dunyo ishlarida ularga yordam beradi. Kim urg’ochi tuya yordamida tahorat olish uchun (quduqdan) suv chiqarsa, Allohning dinini mahkam tutgan mo’minlarga ko’mak beradi. Chunki arqon dindir. Agar to’liq tahorat olsa, g’am-tashvish, kasallik va qarzdan iborat tashvishlarni ketkazuvchi odamdir. Shuningdek, urg’ochi tuyaga, xotinga yoki ko’p gapiradigan bolaga dalolat qiladi.