Tushda ustun bo’lmoq | Тушда устун булмок
USTUN BO‘LMOQ (PEShIY GIRIFTAN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, agar bir kishi tushida ishlarda oldinlab ketganini yoki din ishlarida, masalan, ibodatda, Hajda, g‘azoda yoki shunga o‘xshagan din ishlarida birovdan o‘zib ketganini ko‘rsa, oxiratda muvaffaqiyat topishini, Xudoyi ta’olo oldida savobga ega bo‘lishini bildiradi. Agar bir kishi dunyo ishlarida ustunlikka ega bo‘lganini ko‘rsa, izzat, iqbol va mol topishini bildiradi.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushida ishlarda oldinlab ketganini ko‘rsa, ikki dunyoning yaxshiligi va sozligi bo‘lishiga dalildir. Agar yomon va zararli ishlarda oldinlab ketganini ko‘rsa, ikki dunyosining fasod bo‘lishi va buzilishiga dalildir.