Tushda utrujja (limonsimon meva) | Тушда утружжа (лимонсимон мева)
Ba’zi ulamolar utrujjani lug‘aviy ma’nosi bilan ta’bir qilib, uni yomon narsaga deganlar. Masalan: u nifokka dalolat qiladi, deishgan. Chunki uning sirti boshqa, ichi boshqa bo‘ladi. Ba’zi ulamolar uni yaxshi narsadir deganlar. Barchalari agar pishgan bo‘lsa, to‘plangan molga dalolat qiladi. Agar xom bo‘lsa, yengil kasallikka dalolat qiladi, deyishgan. Shuningdek, u yengil tashvish va xafalikka uchragan bolaga ham dalolat qiladi. Aytilishicha, utrujja arab bo‘lmagan boy sharafli xotindir. Agar tushida uni ikkiga kessa, katta kasalga uchragan o‘gil va qiz ko’radi. Agar ayol kishi tushida o‘zini boshida utruj daraxtidan bo‘lgan tojni ko’rsa, uni o‘zi ham dini ham chiroyli bo‘lgan yigit xotinlikka oladi. Agar xujrasida utrujjani kursa, muborak o‘gil kuradi. Agar bir kishining tushida bir ayol unga utrujjani bersa, unga o‘gil farzand ato qilinadi. Bir kishi boshqa odamga uni otsa, bu o‘zaro qarindosh bo‘lish uchun chaqiriqqa dalolat qiladi.