Tushda uylanish | Тушда уйланиш

UYLANISH (TAZVIJ) Ibn Sirin (r.a.) aytadi: Xotin olganini ko‘rsa, sharaf va ulug‘lik topishiga dalil bo‘ladi. Agar bo‘ydoq bo‘lsa, badavlat xotin oladi. Xotinini taloq qilganini ko‘rsa, sharafi va ulug‘ligi zoyil bo‘lishiga belgi bo‘ladi. Tushida o‘lgan xotinga uylansa va u bilan yaqinlik qilsa, o‘sha xotinning molu mulkidan unga biror narsa tegishiga dalil bo‘ladi. Agar yaqinlik qilmasa, xotinning molidan kam narsa tegadi. Agar ayol kishi o‘lgan erkakka tekkanini va o‘z uyida u bilan qo‘shilganini ko‘rsa, ayolning moliga nuqson yetadi yoki ahvoli o‘zgaradi. Agar uylansa, xotinni ko‘rmasa, nomini ham bilmasa, ajali yaqinlashib qolganiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.) aytadi: Eri bor ayol tushida boshqa eri borligini ko‘rsa, to‘yni ko‘rmasa, bu uning izzati va moli ko‘payishiga dalildir. Erkak uylansa, kelinni ko‘rmasa va tanimasa, unga o‘lim xavfi borligiga dalildir. Ba’zilarning aytishicha, kimdir uning qo‘lida o‘ladi. Kasal ekanligini ko‘rsa, notanish ayolga uylansa yo birov o‘z xotini erga tekkanini va erini o‘z uyiga olib ketganini ko‘rsa, erga juda ko‘p mol yetishiga dalolat qiladi. Agar nobakor bir xotinga uylansa, u bilan yaqinlik qilsa, qiyin ishlari unga oson bo‘lishiga dalildir. Agar yaqinlik qilmasa, aytib o‘tganimizdek, unga foyda kamroq bo‘ladi.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadi: Agar birov bo‘yi yetgan qizga uylanganini ko‘rga o‘sha yili xotin olishi yoki kanizak sotib olishiga yoki podshoxdan yaxshilik ko‘rishiga dalil bo‘ladi.
Qazrati Sodiq (a.s.)ning aytishicha, tushda xotin olish to‘rt narsaga belgi bo‘ladi: ulug‘likka; moli ko‘payishiga; xotirjamlikka; shodu xurramlikka.



Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *