Tushda uzangi | Тушда узанги

UZANGI (RIKOB) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushida uzangini egardan ayri holda ko‘rsa, farzand va g‘ulomga dalolat qiladi. Uzangini egar bilan birga ko‘rsa, xiyonati yo‘q farzandga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida uzangisining oltindan ekanini ko‘rsa, xudbin va takabbur farzand tug‘ilishini bildiradi. Uzangini kumushdan ekanini tush ko‘rsa, farzandi molu dunyoga berilgan bo‘lishini bildiradi. Tushida uzangisiii misdan yoki jezdan ekanini ko‘rsa, himmati past farzandga dalolat qiladi. Uzangisini po‘latdan ekanini tush ko‘rsa, uzangining toza va ravshaniga qarab, dunyo ishlarida kuch va quvvatga dalildir. Tushida uzangisini yog‘ochdan qilinganini ko‘rsa, farzandining yengiltak va pastkash bo‘lishiga dalolat qiladi.
Tushda rikobdor (amaldorga uzangini to‘g‘rilab turuvchi)ni ko‘rmoq yaxshidir, chunki u amal egalariga yaqin kishidir.



Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *