Tushda xashak | Тушда хашак
XASHAK (XOSHOK) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi xashak xalq uchun molu ne’mat bo‘ladi. Agar tushida hovlisida ko‘p xashak borligini va u xashaklar ichida turganini ko‘rsa, xashakning oz-ko‘pligi miqdoriga muvofiq molu ne’mat topishiga dalildir. Agar tushida uning xashaklarini shamol uchirib ketganini yoki olov kuydirib ketganini ko‘rsa, podshoh uning molini tortib olishini bildiradi. Agar tushida xashak o‘choq ichida yoki tandirda yonayotganini ko‘rsa, molini sarflashiga dalildir. Agar tushida sahroda xashak olib ketayotganini va uyiga olib borganini ko‘rsa, shu xashak miqdoriga qarab, safardan mol hosil qilishiga dalildir. Agar tushida shamol bir shahar ichiga yoki biror ko‘chaga xashaklarni uchirib kelganini ko‘rsa, shu xashak miqdoriga muvofiq shu shahar yoki ko‘cha odamlari xayru manfaat topishlariga dalildir.