Tushda yalang’ochlik | Тушда ялангочлик
YALANG‘OCHLIK (BARAHNAGIY) Muhammad ibn Sirin (r.a.) aytadi: Kishi o‘zini tushda yalang‘och va odamlardan uyalayotgan va badanini berkitish uchun kiyim qidirayotgan holda ko‘rsa, Haj talabida bo‘lishga belgidir. Agar tush ko‘ruvchi pokiza va pokdomon bo‘lsa, gunohlari avf etiladi. Agar tush sohibi yomon odam bo‘lsa, ta’biri yomonrokdir.
Kirmoniy (r.a.) aytadi: Kishi o‘zini yalang‘och ko‘rsa, o‘zi mol qidiruvchi bo‘lsa, g‘amu anduhga dalildir.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadi: Tushda yalang‘ochlik mehnat va rasvolikka dalil bo‘ladi.
Hazrati Sodiq (r.a.) aytadi: Yalang‘ochlik tushda yaxshi odam uchun xayriyat va sozlik, yomon odam uchun rasvolik, behurmatlik va nosozlikdir.