Tushda yara | Тушда яра
YARA (RISH) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, har kim tushida badanida yara borligini, unda yiring to‘planganini ko‘rsa, yiring mikdoricha, mol to‘planishiga dalildir. Buning aksini ko‘rsa, moliga nuqson yetishini bildiradi. Tushida yarasidan yiring oqib chiqib, yana joyiga qaytib o‘rnayotganini ko‘rsa, molining nuqson topishini, oqibatda joyiga kelishini bildiradi.
Kirmoniy (r.a.) aytadiki, tushida yaradagi yiringni so‘rib olib, iste’mol qilayotganini ko‘rsa, harom mol yeyishiga dalildir. Umuman, tanada yig‘ilgan yiring yig‘ilgan molni bildiradi.
Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushida badanidan yiring oqib chiqsa, moliga nuqson yetishi, yig‘ilsa, mol yig‘ilishini bildiradi.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, tushida boshidan oyoqigacha yara bo‘lganini ko‘rsa, g‘amu anduhni bildiradi.