Tushda yantoqshakar | Тушда янтокшакар

YANTOQSHAKAR (TARANGABIN) Tushdagi yantoqshakar halol rizqni bildiradi.
Agar dalada yantoqshakar to‘playotganini ko‘rsa, safardan mol hosil qilishiga dalildir. Agar uyida ko‘pgina yantoqshakari borligini ko‘rsa, molidan to‘lig‘icha foyda hosil qilishiga dalildir. Agar yantoqshakar yeyayotganini ko‘rsa, molini oilasiga nafaqa qilishiga dalildir.
Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushdagi yantoqshakar beminnat halol mol bo‘ladi. Alloh ta’olo aytadi: Va soyabon qilib ber-dik sizlarga bulutni va tushirdik sizlar uchun manna va sal-voni, (dedik): . . .Sizlarga rizq sifatida berilgan pok narsa-larni yenglar. . . (Baqara surasi, 57-oyat). Agar ko‘pgina yantoqshakar borligini yoki kimdir unga berganini ko‘rsa, umid qilmagan joyidan ko‘pgina rizq yetishiga va ishlari tartibga tushishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushdagi yantoqshakar, agar yesa yoki ko‘rsa, dalili uch narsagadir; molga va minnatsiz halol rizqqa; maishat va ishlarning yurishib ketishiga; dildagi muddaoga yetishishga.



Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *