Tushda yarashmoq | Тушда ярашмок
YARASHMOQ (OSHTIY KARDAN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida yarashganini ko‘rsa, umri uzun bo‘lishiga dalildir. Agar yarashuvda bir kishini dinni buzish sari targ‘ib qilganini ko‘rsa, uni yaxshi ishlarga va din yo‘liga targ‘ib qilishiga dalildir. Agar g‘azab holatida biror kishini dinni poklashga chaqirganini ko‘rsa, u kishini buzuq ishlarga va yomon yo‘llarga chaqirishiga dalildir.
Imomi Ja’far Sodiq aytadiki, tushida yarashmoq uch narsaga dalil bo‘ladi: umrining uzunligiga; kuch quvvatga; yoqimli e’tiqod hosil bo‘lishiga.