Tushda yashin, chaqmoq | Тушда яшин, чакмок

YASHIN (SO’IQA) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, so’iqa bulutdan chiqadigan olovdir. Agar tushida bulutdan yashin tushsa, o‘sha yer odamlariga yashin miqdoriga muvofiq Xudoyi ta’o-
lodan azob yetishiga dalildir. Allox, ta’olo aytadi: Chaqmoqlar yuborib, ular bilan O‘zi xohlagan kimsalarni ular Alloh xususida talashib-tortishib turgan hollarida, urar. . . (Ra’d surasi, 13-oyat).
Demak, o‘sha diyor odamlariga azob da’f bo‘lishi uchun tavba qilmoq kerak.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida osmondan olov yomg‘irga o‘xshab yog‘ayotganini ko‘rsa, podshoh tomonidan amalga oshiriladigan balo, fitna va qon to‘kilishiga dalildir. Agar tushida yashin tushganini va kuydirganini ko‘rsa, podshoh uqubatidan halok bo‘lishiga dalildir.



Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *