Tushda yasmiq doni | Тушда ясмик дони
YASMIQ DONI (ADAS) Ta’birchilar yasmiq ta’biri haqida ixtilofdadirlar. Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushda yasmiq yeyish yaxshidir, chunki hazrati Ibrohim (a.s.) yasmiqni yaxshi ko‘rardilar.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushda yasmiq yeyish yomondir, chunki bani Isroil qavmiga manna va salvoni yeyish malol kelib, Xudodan piyoz, sarimsoq, yasmiq so‘raganlar.
Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushda yasmiq yeyish, xususan p ishirilgan bo‘lsa, ayollar tomonidan yetadigan mol bo‘ladi. Agar xom bo‘lsa zarar va anduhga dalildir.
YASMIQ DONI (NEKU KARDAN) Ibi Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushda yaxshilik qilmoq dinda quvvat va ulug‘vorlikka ega bo‘lishiga dalildir, qilgan yaxshiligi mikdorida oxirat azobidan omonlik topadi, xususan, mo‘min va porso bo‘lsa, shunday bo‘ladi. Tushida bir odamning yaxshilik qilganini, u esa yaxshilik qiluvchini xor tutganani ko‘rsa, barcha ishlarda nogyukur ekaniga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: . . .O‘zaro birbiringizga f azl (muruvvat) qilish ni unutmangiz. Albatta, Alloh qilayotgan amallaringizni ko‘rib turuvchidir (Baqara surasi, 237-oyat). Agar shirk ahliga yaxshilik qilganini ko‘rsa, o‘z molini odamlargaberishi va ulardan o‘zi uchun ikki olam yaxshiliklari hosil bo‘lishiga dalildir.