Tushda yer | Тушда ер

YER (ZAMIN) Doniyol alayhissalomning aytishlaricha, tushdagi yer xotinni bildiradi. Agar tushida katta va keng yeri borligini ko‘rsa, buning barisi diydor va yuz ko‘rishishga dalildir. Agar o‘sha yer toza bo‘lsa, uning soliha xotinlari bo‘lishi va bu xotinlarning ichida uning uchun izzat va obro‘ bo‘lishiga dalildir. Agar yerning juda katga bo‘lib qolganini, chunonchi, chegarasi yo‘q ekanini ko‘rsa, uylanishi va xotindan uning uchun ne’mat va ko‘pgina asboblar hosil bo‘lishiga dalildir. Agar yerda notanish giyohlar va sabzalar o‘sib yotganini va bu yer o‘ziniki ekanini ko‘rsa, musulmon bo‘lishiga dalildir, negaki sabza islom yuzi, ya’ni belgisidir.
Ibn Sirinning aytishicha, yerdagi o‘simliklar va sabzalar ne’matlari bilan tanish bo‘lsa, tush egasi fazilatli va diyonatli bo‘lishiga oqibatda oxirat savoblarini topishiga dalildir.
Agar birorta dalada bo‘lib qolganini, u yerning biyobonga o‘xshashini va u o‘ziga tanish ekanini ko‘rsa, uzoq safar qilishiga dalildir. Agar yerni kavlayotganini va tuprog‘ini yeyayotganini
ko‘rsa, yegan tuprog‘iga qarab mol topishiga dalildir. Agar yerda yo‘q bo‘lib ketganini, vaholanki u yerda yo‘q bo‘lib ketadigan joy yoki g‘or bo‘lmasa, bu halok bo‘lishiga dalildir. Agar yerni quduq yoki sardobaga o‘xshatib kavlayotganini ko‘rsa, dunyo molini makru hiyla bilan qo‘lga kiritishiga dalildir. Agar uni yer yutib yuborganini ko‘rsa, xotin tomonida g‘amu qayg‘uga qolishiga va molu dunyosi yo‘q bo‘lishiga dalildir. Agar keng yerdan tor yerga o‘tib qolganini ko‘rsa, yaxshi ishdan yomon ishga o‘tib qolishiga dalildir.
Jobirning aytishicha, agar yer u bilan so‘zlashsa va yaxshiliklardan unga xushxabar bersa, din va dunyo ishlarida ko‘p yaxshiliklar qilishi, bundan odamlar hayratga tushishiga va vafotidan so‘ng ham uni eslab yurishlariga dalildir.
Ismoil Aigasning aytishicha, ekin ekish uchun yerni ag‘darayotganini ko‘rsa, ulug‘ ish bilan mashg‘ul bo‘lishi, xotin tomonidan foyda topishi yoki safardan mol hosil qilishiga dalildir.
Agar birorta yerni obod holda ko‘rsa, ishi yaxshi va mustahkam bo‘lishiga dalildir. Agar xarob holda ko‘rsa ishi zaif bo‘lishi yoki biror kishi unga nisbatan dushmanlik qilishiga dalildir.
Agar kishi o‘zini ekinzor ichida yurganini ko‘rsa, biror kishi bilan sherik bo‘lishi yoki birorta ayolni nikohiga olishiga dalildir. Agar kishi loy orasida sargardon bo‘lgani, so‘ng loydan chiqqanini ko‘rsa, taqvodor va dindor ayolga uylanishiga va undan farzandlar ko‘rishiga dalildir. Agar quyoshni loy bilan to‘sganini ko‘rsa, farzandi omon qolmasligiga dalildir. Agar daryo suvi kelib yerini, bosganini va ekini vayron bo‘lganini ko‘rsa, podshoxdan salomat qolishiga dalildir.
Hazrati Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi yer to‘rt narsani bildiradi: xotinni; dunyoni; mol va hokimlikni.



Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *