Tushda yiqilmoq | Тушда йикилмок
YIQILMOQ (AFTODAN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, yuztuban yiqilish tashvishga, xususan, jang va xusumat tashvishiga dalil bo‘ladi. Agar bir yerdan pastga yiqilganini ko‘rsa, masalan, tog‘dan yo tomdan yoki devordan, orzusi tamom ro‘yobga chiqmaydi va murodi hosil bo‘lmaydi. Kirmoniy(r.a.)ning aytishicha, kimki bir joydan pastga yiqilganini ko‘rsa, umid qilgan narsasiga yetolmasligiga dalildir. Agar tog‘dan qulab ketsa, ahvoli yomon bo‘ladi, yiqilish zarbiga yarasha badaniga zarar yetadi. Yiqilishdan qattiq zaxm yetsa va qon ravon bo‘lsa, o‘sha zaxm miqdoricha ziyon tortadi. Agar oyog‘i toyilib yiqilsa, unga ranju alam yetishiga dalil bo‘ladi. Uyining ostonasiga ilon, chayon, gazandalar yiqilib yotganini ko‘rsa, unga podshoxdan yoki bir ulug‘ odamdan g‘amu anduh yetishiga dalil bo‘ladi. Agar uy tomi yo devor ustiga qulab ketganini ko‘rsa, umid qilmagan joyidan ko‘p mol topadi va igu sababli shodu xurram bo‘ladi, ishlari yurishadi.
Пример HTML-страницы