Tushda yirtqich, yovvoyi hayvonlar | Тушда йиткич, ёввойи хайвонлар

💡 Xatchop ga qo'shish uchun kerakli so'z ustiga bosib turing.
Belgilangan joylar:
Ulashish

Audio tayyorlanmoqda...

YIRTQICH, YHVVOYI XAYVONLAR (DADGON) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida yirtiqichlari borligini va ularning hammasi eshakka aylanib qolganini yoki biri eshak, biri sigir va biri qo‘y bo‘lib qolganini ko‘rsa, rizqi ro‘zi keng bo‘lishiga dalildir, biroq unga ziyoni bor. Tushda chorva hayvonlari yovvoyi hayvonlarga aylanib qolganini ko‘rsa, ta’biri aksincha bo‘ladi.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushda yovvoyi yirtqich.hayvonlarni ko‘rish to‘rt narsaga dalil bo‘ladi: dushmanga; podshohga; behayo ayollarga va qo‘shniga.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, tushida yovvoyi hayvonlarning go‘shtidan yeyayotganini ko‘rsa, odamlarning molini hiyla bilan qo‘lga kiritishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.) aytadiki, tushida yirtqich hayvon shakliga kirib qolganini ko‘rsa, aqli ketishiga dalildir. Tushida yirtqich hayvonlar u bilan so‘zlashganini ko‘rsa, podshoqlik topishiga dalildir. Tushida yirtqichlarni so‘yganini ko‘rsa, dushman ustidan g‘alaba qilishini bildiradi.

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan