Tushda yoqut | Тушда ёкут

YOQUT (YOQUT) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida qizil yoki yashil yoquti borligini ko‘rsa, pokiza va yaxshi ayolga uylanishiga yoki chiroyli qiz tug‘ilishiga dalildir. Agar nuqsonli yoquti borligini ko‘rsa, ayoli unga harom bo‘lishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida yashil yoquti borligini ko‘rsa, aslzoda va nasabi soz chiroyli ayolga uylanishiga dalildir. Agar xotini bo‘lsa, qiz tug‘iladi. Agar kir yoquti borligini ko‘rsa, farzandi buzuq bo‘ladi.
Ismoil Ash’as (r.a.)ning aytishicha, tushida qizil yoquti borligini ko‘rsa, boy va chiroyli xotin olishiga dalildir. Agar yashil yoquti borligini ko‘rsa, porso va siyrati soz ayolga uylanishini bildiradi. Agar sariq yoquti borligini ko‘rsa, o‘sha ayol kasalmand bo‘lishiga dalildir. Agar yoquti oq bo‘lsa, oladigan ayoli qiz, zohida va soliha bo‘lishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushidagi yoqut olti narsani bildiradi: molnii; kanizakni; ilmni; o‘g‘ilni; yaxshi erkakni; yosh hamda balog‘atga yetgan qizni.


Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *