Tushda yorug’lik | Тушда ёруглик
Kirmoniy (r.a.) aytadiki, tushida yorug‘lik ko‘kragiga tushganini ko‘rsa, porso va dindor bo‘lishini bildiradi.
Tushida yon-atrofida yorug‘lik borligini ko‘rsa, yaxshilik va omonlikka dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushdagi yorug‘lik to‘rt narsani bildiradi: dinni; ilmni; to‘g‘ri yo‘lni va pok e’tiqodni. YoSIN SURASI Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushda Yosin surasini o‘qiyotganini ko‘rsa, oqibati xayrli bo‘lishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, umri uzoq bo‘lishi va Haq ta’oloning rahmatini topishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, Hazrati Rasululloh (s.a.v.)ning muhabbati qalbida mustahkam bo‘lishiga dalildir.
Yangi sharhlar