Tushda yostiq | Тушда ёстик
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, biror kishi uning uyidan bolishni o‘g‘irlab ketganini ko‘rsa, kimdir uning xotini payidan bo‘lishi yoki kanizagini aldashiga dalolat qiladi.
Ba’zi ta’birchilarning aytishlaricha, uyda bolish ko‘rmoq shu xonadonda biror kimsaning vafot qilishini bildiradi.
Agar bir odam tushida ko‘pgina bolishlarga ega bo‘lganini ko‘rsa, shu bolishlarning mikdoriga muvofiq xodimlar, kanizaklarga ega bo‘lishiga dalildir. Agar uyiga o‘t tushganini va bolishi kuyganini ko‘rsa, uning xodimlari va kanizaklarining ketishi yoki qochishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushda bolish ko‘rmoq besh narsaga dalildir: xodimga; kanizakka; rahbarlikka; sof dinga; taqvodorlik va odillikka.
Yangi sharhlar