Tushda yo’talmoq | Тушда йуталмок
YO‘TALMOQ (SO‘RFIDAN) Ibn Sirinning aytishicha, tushdagi yo‘talish besh narsani bildiradi: ho‘l yo‘talini; quruq yo‘talni; balg‘amni; qonli yo‘talni; safroli yo‘talni. Agar yo‘talganda balg‘am chiqqanini ko‘rsa, o‘ziga yetgan balo va kulfatdan yoki yo‘qolgan molidan bir odamga shikoyat qilishiga dalildir. Agar quruq yo‘tal bo‘lganini ko‘rsa, amalga oshmaydigan va behuda shikoyat qilishiga dalildir. Yo‘talganda safro chiqqanini ko‘rsa, badfe’l kishi ekaniga, har kim undan shikoyat qiladigan kishi ekaniga dalildir. Agar bir ulug‘ odamning oldida yo‘talganini ko‘rsa, o‘z shikoyatini amaldor odamga aytishiga dalildir. Agar ohista yo‘talayotganini ko‘rsa, dinga g‘amxo‘r bo‘lishiga dalildir. Kirmoniyning aytishicha, tushda yo‘talganini ko‘rsa, kimdir undan shikoyat qilishiga dalildir. Agar yo‘tal tutayotganini ko‘rsa, bu notavonlikka dalildir. Jobirning aytishicha, agar yo‘tal tomog‘ida qolganini, yo‘tala olmayotganini ko‘rsa, uning halok bo‘lishiga dalildir. Agar unda yo‘tal paydo bo‘lganini, bu yo‘tal kasal yo‘tali kabi bo‘lib, balg‘am tashlayotganini ko‘rsa, g‘am va qayg‘udan judo bo‘lishiga dalildir. Agar unda yoshlar yo‘tali paydo bo‘lganini ko‘rsa, yuqoridagi ta’birga egadir. Hazrati Sodiq (r.a.)ning aytishicha, har kim tushida yo‘talayotganini ko‘rsa unga podshohdan ranj va ofat yetishiga dalildir.
Пример HTML-страницы