Tushda yozuvchi | Тушда ёзувчи
YOZUVCHI (NAVISANDA) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushida biror narsa yozganini va yozuvchi bo‘lganini ko‘rsa, biror kishining molini makru hiyla bilan o‘ziniki qilib olishiga va qilish mumkin bo‘lgan ishni qilishiga dalildir. Agar podshoh uchun biror narsa yozganini ko‘rsa, molu ne’matni ko‘p topishiga dalildir. Omiy odamlar uchun biror narsa yozganini ko‘rsa, odamlarni ko‘nglini makru hiyla bilan o‘ziga istib olishiga dalildir.
Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida to‘satdan yozuvchi bo‘lib qolganini ko‘rsa, makru hiyla orqali odamlardan rizq topib yeyishiga dalildir. Birorta olim odam tushida yozuvchilik qilayotganini ko‘rsa, xayru manfaat topishiga dalildir. Tushida she’r, g‘azal va afsona yozayotganini ko‘rsa, dunyo ishiga mashg‘ul bo‘lishiga, oxirat ishini tashlab qo‘yishiga dalildir. Tushida Qur’on, tavhid va duolar yozayotganini ko‘rsa, xayru manfaat topishiga dalildir.
Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida xat yozganini va siyohi qondan ekanini ko‘rsa, sudxo‘rlik hujjatini yozishiga dalildir.
Ismoil Ash’as (r.a.)ning aytishicha, bir dabir (kotib) tushida biror ulug‘ odamga xat yozganini ko‘rsa, agar yozuvchi solih bo‘lsa, din va diyonati zoye bo‘lishiga dalildir. Agar fosiq bo‘lsa, tavba qilishini bildiradi. Tushida qizil rangda yozganini ko‘rsa, aypgu ishratga dalildir. Agar sariq siyoh bilan yozsa, bemor bo‘lishiga dalildir. Yashil rangda yozsa, nomi o‘sha diyorda yaxshilik bilan yoyilishiga dalildir. Agar tilla yoki kumush bilan yozsa, podshoxdan xayru manfaat topishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushda yozish to‘rt narsaga dalildir: xayru manfaatga; molu ne’matga; makru hiyla bilan biror narsa hosil qilishga va amaldan tushishga.
Пример HTML-страницы