Tushda yuz va qo’lini yuvmoq | Тушда юз ва кулини ювмок
YUZ VA QO‘LINI yuvmoq Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida yuz va qo‘lini toza suv bilan yuvganini ko‘rsa, qidirgan ishini to‘lig‘icha topishi va murodi hosil bo‘lishiga dalildir. Agar iflos suv bilan yuzini yuvganini ko‘rsa, ta’biri aksincha bo‘ladi.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida qo‘l va yuzini yuvganini ko‘rsa, o‘z do‘stlariga yordam berishiga va maqsadi hosil bo‘lishiga dalildir.