Tushda zakot | Тушда закот

💡 Xatchop ga qo'shish uchun kerakli so'z ustiga bosib turing.
Belgilangan joylar:
Ulashish

Audio tayyorlanmoqda...

ZAKOT Ibn Sirinning aytishicha, tushdagi mol zakoti molining ziyoda bo‘lishiga dalildir. Agar tushida fitr zakotini berayotganini ko‘rsa, namoz o‘qib, tasbih aytishiga va farovonlik topishiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: Mo‘minlar najot topdilar. Ular namozlarida kamtardirlar (Mo‘’minun, 1 — 2-oyatlar). Agar qarzi bo‘lsa qutiladi, bemor bo‘lsa, shifo topadi, dushmani bo‘lsa g‘alaba qazonadi. Kirmoniyning aytishicha, kimki mol zakotini berayotganini ko‘rsa, moli joyida bo‘ladi va yo‘q bo‘lmaydi. Rasululloh (s.a.v.) bu haqda hadisda deydilar: Mollaringizni zakot berish bilan asranglar. Jobirning aytishicha, mol zakotini berayotganini ko‘rsa, molining ziyoda bo‘lishiga dalildir. Hazrati Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushda mol zakotini berish yetti narsani bildiradi: bashoratni; xayru barokatni; mushkil ishlarning hal bo‘lishini; hojatlarning ravon bo‘lishini; yorug‘likni; g‘amdan qutilishni va boylik ziyoda bo‘lishini.

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan