Tushda zilzila, yer qimirlashi | Тушда зилзила, ер кимирлаши

ZILZILA (ZILZILA) Ibn Sirinning aytishicha, agar zilzila bo‘lganini va yer silkinayotganini ko‘rsa, o‘sha diyor odamlariga podshohdan ranju balo yetishiga dalildir. Ba’zi ta’birchilarning aytishlaricha, har kim yerning silkinayotganini ko‘rsa, o‘sha diyor odamlariga ofat yetishi va bemorlik yuz berishiga dalildir. Agar yerning usti ostiga bo‘lib ag‘darilganini ko‘rsa, o‘sha viloyat ahliga ulug‘ balo yuz berishiga dalildir. Kirmoniyning aytishicha, yer ohista qimirlayotganini, yerning bir tomoni ag‘darilib, ikkinchi tomoni o‘z holida turganini ko‘rsa, o‘sha yerga podshoh kelishi va o‘sha yer aholisiga zulm qilishiga va aholining molini talashiga dalildir. Hazrati Sodiq (r.a.)ning aytishicha tushdagi zilzila bo‘lishi va yerning cho‘kishi podshoh tomonidan yetadigan qiyinchilik va ulug‘ baloni yoki ocharchilik va bemorlikni bildiradi. Alloh ta’olo aytadi: Bas, Biz uni ham, hovlisini ham yerga yuttirdik. . . (Qasos surasi, 81-oyat). Yerning silkinishi barcha holda o‘sha diyor ahli uchun uqubat va og‘irchilik belgisi hisoblanadi.


Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *