Yaroqlilik muddati yakuniga yetgan mahsulotlardan nima tayyorlash mumkin?
Sut, non va anchadan beri turib qolgan boshqa mahsulotlarni tashlab yuborishga shoshilmang. Quyidagi tavsiyalarga rioya qilib, mazali yegulik va taomlar tayyorlab ko‘ring.
Sut va sut mahsulotlari
Quymoq va oladye tayyorlash uchun turib qolgan sutdan yaxshisi yo‘q. Muzlatkich hidi o‘tirib qolgan sariyog‘ni esa eritib, bankaga solib qo‘yish kerak. Undan quymoq va tuxum qovurishda foydalanish mumkin.
Non va non mahsulotlari
Suvi qochgan nonni bo‘laklarga bo‘lib, tuz va ziravorlar seping hamda pechga solib pishiring. Uning o‘zini ermak qilib yeyish yoki salatlarga qo‘shish mumkin.
Konservalangan go‘sht
Avvalo, ushbu mahsulotdan yaroqlilik muddati tugashi arafasidagi bir oy ichida foydalanish kerakligini esda tutish kerak. Undan sho‘rva tayyorlash yoki pechda kartoshka va sabzavotlarga qo‘shib pishirish mumkin. Iloji boricha, uzoqroq pishgani yaxshi.
Konservalangan baliq
Hidi o‘zgarmagan bo‘lsa, konservalangan baliqdan mazali sho‘rva tayyorlasangiz bo‘ladi. Tomat va ko‘katlar qo‘shsangiz, yanada o‘ziga xos bo‘ladi.
Konservalangan sabzavotlar
Yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ushbu mahsulotdan foydalanmagan yaxshi. Yashil no‘xatdan sho‘rva, loviyadan shi sho‘rvasi, sabzavotli ikrani esa qayta qaynatib, sous tayyorlashingiz mumkin.
Yormalar
Yormalarning rangi va hidi o‘zgarishi mumkin. Ishlatishdan oldin yaxshilab tozalash, qurt tushmaganiga amin bo‘lish kerak.
Uy bekalariga eslatma:
- Guruchga bir osh qoshiq sirka qo‘shib pishirilsa, hidlangani bilinmaydi.
- Qaynatilgan grechkaga go‘sht, ko‘katlar qo‘shib, uy sharoitida kolbasa tayyorlasa bo‘ladi.
- Suli yormasining taxir ta’mi ketishi uchun pishirishdan avval tuzli suvga ivitib qo‘ying.
- Makaronlarga qiyma, tomat va sabzavot qo‘shib, zapekanka tayyorlang.
- Quyultirilgan sutdan esa murabbo tayyorlasa bo‘ladi.
Muzlatish
Muzlatish kamerasi yaxshi ahvolda bo‘lsa va ortiqcha hidlar to‘planmasa, mahsulotlarni muzlatib, uzoq muddat saqlasa bo‘ladi, aynimaydi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarni bir yil, meva va sabzavotlarni esa 2—3 yil davomida saqlasa bo‘ladi. Go‘sht va baliqni esa bir yil ichida iste’mol qilgan yaxshi.
Manba: Daryo.uz