Dunyodagi eng katta samolyotning parvozi tasvirlangan video e’lon qilindi

Kaliforniyada dunyodagi eng katta samolyot hisoblanuvchi Stratolaunch o‘zining ikkinchi parvozini amalga oshirdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Samolyot Moxavedagi aerokosmik portdagi maydonchadan havoga ko‘tarilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, sinov parvozi muvaffaqiyatli deb tan olingan.

Amerikaning Stratolaunch Systems firmasi Microsoft asoschilaridan biri Pol Allen ishtirokida yaratilgan.

Samolyot avvaliga kosmik raketalarni uchirish uchun mo‘ljallangan. Allenning vafotidan so‘ng kompaniya mazkur havo kemasidan gipertovushli texnologiyalarni sinashda foydalanishga qaror qilgan.

Eslatib o‘tamiz, umumiy og‘irligi 5400 tonnaga, yuk tashish hajmi esa 230 tonnaga teng Stratolaunch samolyoti o‘zining birinchi parvozini 2019-yilning aprelida amalga oshirgan edi. Keyinroq uni 400 million dollarga sotish rejalashtirilayotgani to‘g‘risida gap-so‘zlar tarqalgandi.

Источник: Daryo.uz

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *