Instagram: Yigitalini ikkiyuzlamachilikda ayblagan Rayhon, tug‘ruqxonadan chiqqan Aziza Yoqubova, labi “botoks qilingan” Shukurullo Isroilov
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Zarina Nizomiddinova sahifasiga yangi surat joyladi.
Malika Ravshanova Feruza Karimovaning qaynanasi tug‘ilgan kunida xizmatda bo‘ldi.
Turk aktrisasi Maryam Uzerli folloverlariga yangi suratlarini taqdim etdi.
Boshlovchi Xusnora Shodiyeva Instagram’dagi sahifasiga so‘z ustasi Shukurullo Isroilovning maxsus niqob orqali yaratilgan videosini joyladi. Ushbu hazilomuz videoda Shukurullo Isroloilovning lablari va yonoqlari shishirilgani aks etgan.
Sitora Alimjonova o‘g‘li bilan tog‘ yon bag‘rida sayr qildi.
Davron Kabulov Million wear brendining kostyum-shimida ko‘rinish berdi.
Aktrisa Aziza Yoqubova o‘g‘li Muhammad Amir bilan tug‘ruqxonadan chiqdi.
Asqar Hikmatov O‘zbekiston xalq artisti Murod Rajabov bilan birgalikda yangi ijod namunasi ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Lola “Aqlvoy” loyihasida Ramazon oyi munosabati bilan “Bolaga kitob sovg‘a qil” fleshmobi e’lon qilinganini aytib, farzandlari bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.
1-may kuni Yigitali va Rayhonning egizak farzandlari Islom va Imron tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Yigitali Mamajonov ushbu sana munosabati bilan o‘g‘illarini tabrikladi va Farruh Zokirovning “O‘g‘lim” deb nomlangan qo‘shig‘iga o‘g‘illarining suratlaridan foydalanib, o‘ziga xos klip tayyorladi.
Rayhon Yigitalining bu xatti-harakatlarini “ikkiyuzlamachilik” deb atadi. “Bolalarni, farzandlarni o‘rtaga qo‘yib piar qilish mumkinmi?”, — deb yozadi Rayhon.
Xonanda Islom va Imronning tug‘ilgan kunini Minecraft o‘yini mavzusida o‘tkazdi.
Manba: Daryo.uz